Autsorsing

Autsorsing mazmuni va uning turlari

Demak, autsorsing (outsourcing) nima?  (out - tashqi, source - manba) ing. Autsorsing – bu Sizning firmangiz faoliyatiga xizmat ko`rsatish funksiyasining bir qismini boshqa bajaruvchi tashkilotga berish.

Hozirgi vaqtda kompaniyalar bozor tomonidan misli ko`rilmagan tazyiqqa duch kelishadi. O`z tovar va xizmatlarini yuqori sifatini saqlagan xolda operasion xarajatlarni pasaytirishga erishib, biznesni samarali shaklda tashkil qilayotgan tashkilotlargina muvaffaqiyatga erishishadi va yashab qoladilar. Raqobatda ustunlikka erishish imkonini beruvchi zamonaviy va muvaffaqiyatli biznes modellardan biri – autsorsingdir.

Autsorsing turlari. Autsorsingning quyidagi (asosiy) turlari keng tarqalgan: buxgalterlik, yuridik, kadrlar bo`yicha, IT autsorsing, binoni yig`ishtirish (klining), ko`chmas mulk ob’ektlaridan foydalanish autsorsingi, logistik yoki transport autsorsingi, xodimlar autsorsingi.

Autsorsing tamoyili: “o`zimda faqatgina boshqalardan yaxshiroq bajara oladiganimni qoldiraman, tashqi bajaruvchiga u boshqalardan yaxshiroq bajara oladiganini beraman”.

Autsorsingning afzalliklari:

  • Mablag`larni tejash. Autsorsing xizmatining narxi o`zingizda shunday strukturani qurish xarajatlariga qaraganda arzon. Siz xodimlaringizga hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug`urtaga ajratma qilishingiz, hamda daromad solig`i ushlab qolishga majbursiz. Autsorser xizmatining qiymati bu sizning xarajatingiz hisoblanib, soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi.
  • Ish o`rnini tejash. O`zingizda tegishli strukturani yaratish uchun  qo`shimcha ofis maydonchasini, orgtexnikani, kanselyariya xarajatlarini, axborot-huquqiy tizimlarini va lisenziyalangan dasturiy ta’minotni talab qilishi mumkin
  • Doimiy uzluksiz ish. O`z ishchi va xodimlaringizga siz yillik mehnat ta’tili, kasallik nafaqasi berishga majbursiz. Autsorser firma doimiy ishlaydi.
  • Vaqtni tejash. Kadrlarni tanlash – vaqt talab qiladigan oddiy bo`lmagan masala hisoblanadi. Sizga zarur bo`lgan infratuzilma, texnologiyalar va mutaxassislar bizda yetarlicha mavjud.
  • Kafolatlangan sifat. Autsorser firma o`z shtatida yuqori malakali mutaxassislar komandasi mavjud va bunday loyihalarni bajarishda boy tajribaga ega.